TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi doping tekshiruvlaridan so‘ng ana shunday qarorga keldi. Tashkilotning rasmiy saytida yozilishicha, Taymazovning tahlil natijalari qayta doping tekshiruvdan o‘tkazilganida uning tarkibida taqiqlangan turinabol va stanozolol moddalari borligi aniqlangan.
Taymazov Pekindagi o‘yinlarda finalda rossiyalik Baxtiyor Ahmedovni yenggandi. Endi oltin medal Ahmedovga topshiriladi.
XOQ shuningdek ukrainalik kurashchi Vasiliy Fedorishin va rossiyalik og‘ir atletikachi Svetlana Sarukayevalarni ham medallaridan mahrum qildi. Sportchilar olgan sovrinlarini qaytarib berishlariga to‘g‘ri keladi.