TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgda sodir etilgan terrorchilik harakatidan so‘ng Toshkent militsiyasi metropolitenda nazoratni kuchaytirdi, deb ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev bugun bo‘lib o‘tgan brifingda.
Uning aytishicha, Sankt-Peterburgdagi teraktdan keyinoq Ichki ishlar vazirligi rahbariyati poytaxt metrosidagi barcha bekatlarni ko‘zdan kechirgan.
"Vazirlik rahbariyati metrodagi barcha bekatlarni ko‘rib, militsiya xodimlari qanchalik samarali ishlayotganligini shaxsan tekshirishdi. Hozirda tekshiruvning ikki bosqichi tashkillashtirildi: birinchisi — metropolitenga kirishda, ikkinchisi — turniket oldida. Rossiyada sodir bo‘lgan terrrochilik harakatlaridan so‘ng bekatlardagi tig‘izlikdan kelib chiqib xodimlar biriktirildi", — dedi u.
Shuningdek, tez orada maxsus romli metall aniqlagichlarni keltirish va o‘rnatish masalasi hal bo‘ladi. Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, bu masala hokimiyat bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.
Hozirda poytaxt metrosi uchta liniyadan iborat bo‘lib, 29ta bekat mavjud.