TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Moskvadagi qahramon shaharlar alleyasidagi "Leningrad" yodgorligiga gul qoʻydi.
Bu bilan Oʻzbekiston prezidenti 3 aprel kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan mudhish terakt qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvaga kecha 4 aprel kuni yetib kelgandi. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.