Qoidaga ko‘ra Mirziyoyevni Moskva aeroportida kim kutib olishi kerak edi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu "Vnukovo-2"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik jurnalist va siyosatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Sherzod Qudratxo‘jayev prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli jurnalist va siyosatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Sherzod Qudratxo‘jayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Kecha kechqurun va bugun ertalab davlat tashrifi (Sh.M.Mirziyovning Rossiyaga tashrifi — tahr.) qanday yoritilishini tomosha qildim. Aytishim mumkinki, eng oliy darajada yoritildi. Rossiyalik hamkasblarim anchadan buyon bunday ishlashmagandi, barcha telekanallar, eng yaxshi jurnalistlar mazkur tashrifni keng va batafsil yoritdilar. Hammayoq yorqin, hamma bayramona, hammadan nur yog‘ilib turardi. Ko‘rganlarimdan qattiq hayajonga tushdim, Vatanim va Yo‘lboshchimdan faxrlandim… anchadan buyon bunday bo‘lmagandi", deb yozadi Qudratxo‘jayev.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Kremlda uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Qudratxo‘jayevning fikricha, Moskvada bunday boy dastur, hurmat-ehtirom, ko‘p milliardli sermahsul shartnomalar anchadan buyon bo‘lmagan. Uning aytishicha, O‘zbekistonga va shaxsan prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga nisbatan alohida munosabat, sof, insoniylik fazilatlari yaqqol ko‘rinib turdi.

"Ayrim do‘stlarimiz esa har bir mamlakatning Davlat protokoli o‘ziga xos bo‘lishini bilib qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi. Rossiya protokoli bo‘yicha oliy martabali mehmonni aeroportda prezident, bosh vazir emas, balki Hukumat a’zolaridan biri kutib oladi. Hattoki Tramp emas, shaxsan Linkolnning o‘zi uchib kelsa ham ushbu qoidadan chetga chiqilmaydi.

Ashxobod, Ostona, Moskva-ilk tashriflar, ilk muvaffaqiyatlar, ilk muvaffaqiyatli qadamlar. Oldinda Xitoy, Yevropa va butun dunyo turibdi…

Omad janob prezident, omad O‘zbekiston…", deb fikrini yakunlaydi jurnalist.

Yangiliklar lentasi
0