TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuv chorshanba kuni imzolanishi bilan kuchga kirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Tomonlar fuqarolarni bir-birlarining fan, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, tabiat maskanlari, tarixiy yodgorliklar, madaniy an’analari bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
"Tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar orqali "Buyuk Ipak yo‘li" kabi o‘zaro turistik yo‘nalishlar va brendlarni rivojlantiradilar", — deyiladi xabarda.
OAVda reklama kampaniyalari va turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, bir-birlarining hududlaridagi turistik yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish, tanishtiruv sayohatlarini uyushtirish, turizm sohasiga investitsiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasida axborot va malaka almashish ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy sohalari sifatida belgilandi.
Kelishuv imzolangan kuni — 2017-yil 5-apreldan kuchga kirdi.