O‘zbekistonga yiliga 2 mlndan ortiq turist tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ayniqsa Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya va Fransiya turistlari orasida eng ommabop hisoblanadi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonga yiliga 2 milliondan ortiq turist tashrif buyuradi. Bu haqda Moskvada bo‘lib o‘tgan respublikaning turistik salohiyati taqdimotida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi maslahatchisi Otabek Boboyev ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Stend Uzbekistana na vistavke Mitt - 2017 - Sputnik O‘zbekiston
MITT-2017: O‘zbekistonga kimdir havas va hayratda, kimdir hasadda qoldi

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ayniqsa Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya va Fransiya turistlari orasida eng ommabop hisoblanadi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari Anvar Sharapov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hafta boshida Moskvadagi Ekspomarkazda xalqaro turistik ko‘rgazma ish boshladi. Quvonarlisi, mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarni eng ko‘p jalb qilgan stend aynan O‘zbekiston stendi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0