TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 13-14 aprel kunlari Toshkentda "Tashkent Food Festival" — taomlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda festivalning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
"Tashkent Food Festival"da poytaxtning taniqli qahvaxonalari, restoranlari, pisseriyalari, fastfud, Osiyo oshxonalari o‘z taom va yeguliklari, ichimliklari bilan ishtirok etadi.
Festivalning o‘ziga xos jihatlaridan biri esa "Qahvaxonalar ko‘chasi" loyihasi bo‘lib. Unda shahardagi qahvaxonalar mehmonlarga o‘zlarining turli qahva ichimliklarini taklif etadi.
Festivalda turli-tuman taomlar bilan birga ko‘ngilochar dasturlar ham namoyish qilinadi: master-klasslar, kinonamoyishlar, artistlar chiqishlari tashkil etiladi.