Moskvada palov tayyorlash bo‘yicha xalqaro festival-tanlov bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Maksim BlinovPrazdnik plova v Moskve
Prazdnik plova v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Palov tayyorlash musobaqasida 20dan ortiq mamlakatdan mohir va havaskor oshpazlar qatnashadilar

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 1 aprel kuni Moskvada Navro‘z bayramini nishonlash doirasida “Palovga ta’zim” xalqaro xayriya festival-tanlovi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbirda 20dan ortiq mamlakatdan mohir va havaskor oshpazlar, elchixonalar vakillari, MDH va yaqin xorij mamlakatlari delegatsiyalari qatnashadilar.

Parijdagi oshpazlar festivali - Sputnik O‘zbekiston
Parijdagi oshpazlar festivalida palov taqdim etildi

2015 yildan buyon Rossiyaning yirik shaharlarida har yili o‘tkazib kelinadigan “Palovga ta’zim” tanlovi nafaqat ushbu taomni tayyorlash bo‘yicha oshpazlar musobaqasini, balki keng miqyosdagi madaniy-ko‘ngilochar dasturlarni ham o‘z ichiga oladi.

Ushbu festival Penza, Kirov, Vladimir, Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida o‘tkaziluvchi federal ahamiyatga ega tadbirga aylanib bormoqda. Mazkur loyihadan maqsad Sharq oshxonasini ommalashtirish, rossiyaliklarni Sharq madaniyati bilan tanishtirish, ko‘makka muhtoj va kam ta’minlangan insonlarga ko‘mak berishdir. Palov sotuvidan tushgan barcha mablag‘ xayriya fondlariga o‘tkazib beriladi.

Festivalda mohir va havaskor oshpazlar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun tashkiliy qo‘mitaga ariza topshiriladi. Tanlov "Eng yaxshi oshpaz", "Eng yaxshi restoran" va "Tomoshabinlar mehriga sazovor oshpaz" yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0