O‘zbekistonda ulama kipriklar ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushiriladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishUlama kiprik taqqan ayol
Ulama kiprik taqqan ayol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ilk bor xalqaro standartlarga asoslangan innovatsiya kosmetik mahsulotlari ishlab chiqarishi paydo bo‘lishi mumkin

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. "Navoiy" EIZ xududida innovatsion kosmetika ishlab chiqarishni ishga tushirishadi.

 Yangi korxonani tashkil qilish "Navoiy" EIZ  xududida rejalashtirilmoqda.Birinchi bosqichda ulama kipriklar va ularni qotirish uchun vositalar, yuzni tozalovchi niqoblar ishlab chiqariladi.

Maxmudov Iskandar Qahramonovich - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdagi o‘zbek milliarderlari O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni boshlashdi
Ushbu loyihada O‘zbekistonni sherigi kosmetika bozorida peshqadamlardan bo‘lgan Janubiy Koreyalik Daejin Chemical kompaniyasi bo‘ladi. Janubiy Koreya delegatsiyasi mart oyida O‘zbekistonda bo‘lib, erkin iqtisodiy xududning  infratuzilmasini ko‘rib chiqib,  ishlab chiqariladigan mahsulotni tarqatish, logistika va imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.Uchrashuv natijalariga ko‘ra tomonlar  ushbu tashabbusni  amalga  oshirish sohasida hamkorlik qilish haqida memorandum imzolashdi.

Eslatib o‘tamiz, "Navoiy" EIZ subyektlari  bir qator imtiyoz va preferensiyalar olishadi. Masalan, ular yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mulkini soliqqa tortish, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish  solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar  va bojxona to‘lovlaridan ozod etiladilr.  Barcha imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3-yildan 5-yilgacha taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0