Samarqand shahar 1-tug‘ruqxona bosh iqtisodchisi katta pora olayotganda qo‘lga tushdi

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishYangi tug‘ilgan chaqaloqlar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anvar Ochilov o‘rta maxsus ma’lumotga ega ikki ayolni tibbiyot hamshirasi lavozimiga ishga joylash uchun ta’magirlik yo‘li bilan pora talab qilgan

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Camarqand viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Samarqand shahar 1-tug‘ruqxona Bosh iqtisodchisi Anvar Ochilovni 2400 dollar pora olayotgan joyida qo‘lga oldilar, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tuzilmalaridagi manba.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi
Milliy xavfsizlik xizmati Samarqand viloyatibo‘limiga murojaat qilgan shaxs Anvar Ochilov uning ikki qarindoshini ushbu tug‘ruqxonaga hamshiralikka joylab qo‘yish uchun chet el valyutasida pora talab qilayotganini ma’lum qilgan.

Arizachiga ko‘ra ikki ayol ham o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Achilov daromad olish maqsadida o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda tug‘ruqxonaga pul evaziga ishga joylab qo‘yish mexanizmini yo‘lga qo‘yib olgan. Va bu bilan ayni vaqtda sog‘liqni saqlash sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarga tamomila zid harakat qilgan.

Hamkasblari Anvar Achilovga kibrli, ochko‘z va avanturalarga moyil shaxs deya ta’rif berganlar.

Ushbu holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0