O‘zbekiston Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlarini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishZavod po proizvodstvu karkasno-panelnix derevannix domov v Arxangelske
Zavod po proizvodstvu karkasno-panelnix derevannix domov v Arxangelske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bular tijorat avtomobillari, po‘lat prokatlari, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va qurilish materiallaridir

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlaridan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi rahbari Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida imzolangan hujjatlar

"Biz Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlari stavkasini pasaytirish yoki ularni to‘liq bekor qilish haqida qaror qabul qildik, bular tijorat avtomobillari, po‘lat prokatlari, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va qurilish materiallaridir", — dedi Mirziyoyev kengaytirilgan shakldagi Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari chog‘ida.

U savdo-iqtisodiy sohada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kelgusidagi ishlar ushbu yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli ravishda kengaytirish va tovar aylanishi hajmlarini ahamiyatli tarzda ko‘paytirish imkonini berishiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0