Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida imzolangan hujjatlar

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi yuqori darajada saqlanib kelayotganligini va ayrim mahsulot turlarida "hayratlanarli tarzda oshayotganligini" ta’kidladi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Kremlda Vladimira Putin va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotga imzo chekdilar. Bundan tashqari, jami 39ta hukumatlararo va muassasalararo hujjatdan iborat to‘plam imzolandi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Rossiya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi yuqori darajada saqlanib kelayotganligini va ayrim mahsulot turlarida "hayratlanarli tarzda oshayotganligini" ta’kidladi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari birgalikda muzeyga tashrif buyurishadi

"Bu ayniqsa yengil sanoat, qishloq xo‘jaligiga tegishli. Qishloq xo‘jaligi borasidagi ko‘rsatkich, Rossiya bozoriga O‘zbekiston mahsulotlarining kirib kelishi ikki baravardan ko‘proqqa oshdi", — dedi Vladimir Putin.

O‘zbekiston prezidenti o‘zaro ko‘zda tutilgan rejalar tezlik bilan amalga oshayotganligi uchun Putinga minnatdorlik bildirdi.

"Siz bilan Samarqanddagi uchrashuvimiz chog‘ida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishonchli, ochiq suhbat bo‘lib o‘tgandi. O‘tgan qisqa davr mobaynida ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi. Sizga minnatdorlik izhor qilmoqchiman: siz bilan kelishilgan barcha narsa amalga oshmoqda. Bugun biz imzolaydigan hujjatlar to‘plami ana shundan dalolat beradi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari rasmiy tashrif doirasida Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyida tashkil etilgan "Nukus xazinasi" ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0