Rossiyada terrorchilarga ko‘maklashganlikda ayblanib 6 nafar markaziy osiyolik qo‘lga olindi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishRossiya Federal Xafvsizlik xizmati
Rossiya Federal Xafvsizlik xizmati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 2015-yilning noyabridan boshlab hozirgi vaqtga qadar Sankt-Peterburg hududida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini "Jabhat-an-Nusra" va "Islom davlati" terrorchilik uyushmalariga a’zolikka yollash bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lgan 6 nafar fuqaro Sankt-Peterburgda terrorni amalga oshirishda ko‘maklashganlikda ayblanib qo‘lga olindi, deb xabar qildi chorshanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot-xizmati.

"2017 yilning 5-aprel kuni Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati va Rossiya IIV regional boshqarmalari, hamda Rossiya Milliy Gvardiyasi maxsus bo‘linmalari hamkorligida olib borilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Rossiyaga ishlash uchun kelgan 6 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.

Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 2015-yilning noyabridan boshlab hozirgi vaqtga qadar Sankt-Peterburg hududida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini "Jabhat-an-Nusra" va "Islom davlati" terrorchilik uyushmalariga a’zolikka yollash bilan shug‘ullangan.

Sankt-Peterburgda, Sennaya ploshad metro bekati - Sputnik O‘zbekiston
Tergov qo‘mitasi terrorchining ota-onasini so‘roq qildi
Bundan tashqari, gumonlanuvchilar yollanayotgan fuqarolarni chet davlatlar hududlarida faoliyat yuritayotgan noqonuniy qurollangan uyushmalar faoliyatiga jalb qilish bilan ham shug‘ullangan.

Gumonlanuvchilarning yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv natijasida ekstremistik adabiyotlar, jinoiy javobgarlikka asos bo‘la oladigan predmet va hujjatlar olib qo‘yilgan.

Qo‘lga olinganlar Peterburg metrosida teraktni amalga oshirgan fuqaro bilan bog‘liqligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Qo‘lga olinganlarning barcha tanish-bilishlari sinchkovlik bilan tekshirilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut-2" stansiyalari oralig‘ida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan.
Yangiliklar lentasi
0