TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvi chog‘ida Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga va jarohatlanganlarga o‘z hamdardligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvada davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.
"So‘zlarimni Sankt-Peterburgdagi voqea oqibatida jabr ko‘rganlarning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardligimni bildirishdan boshlamoqchiman. Terror harakatlari va terrorizm chegara bilmaydi — bu barchamizning umumiy qayg‘umiz, mazkur voqea ushbu masalada birlashishimiz darkorligidan dalolat beradi", — dedi Mirziyoyev.
3 aprel kuni Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut-2" stansiyalari oralig‘ida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan.