TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni ikki kunlik tashrif bilan Rossiyaga keldi.
Prezident samolyoti Moskvaning "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati a’zolari kutib oldi.
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.