Toshkent va Moskva 16 mlrd dollarlik 50dan ortiq hujjat imzolaydi

© SputnikRossiyskiy i Uzbekskiy flagi
Rossiyskiy i Uzbekskiy flagi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining tashrifi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid 5odan ortiq hujjat imzolanadi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan hujjatlar imzolanadi, deb ma’lum qildi manba Sputnik O‘zbekistonga.

Podpisanie dokumentov v posolstve Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 16ta hujjat imzolandi

Manbaning ma’lum qilishicha, tashrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid 5odan ortiq hujjat imzolanadi.

3 aprel kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ortiq hajmdagi 16ta hujjat imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga ko‘ra 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifini amalga oshiradi. Oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari hamda o‘zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0