O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlik yanada kuchayadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishV operatsionnoy
V operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy ofatlar va atrofga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi kurash, tadqiqotlar o‘tkazish hamda mutaxassislar, o‘qituvchilar va talabalar almashish borasida hamkorlik qiladi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik kelishuvi loyihasini ma’qulladi.

Rostex - Sputnik O‘zbekiston
"Rostex" korporatsiyasi O‘zbekistonga tibbiyot uskunalari borasida yordam beradi

"Tomonlar sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, o‘zaro manfaatlar va ikki mamlakat qonunlaridan kelib chiqib tenglik tamoyili asosida aholining sanitar-epidemiologik farovonligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi", — deyiladi hujjatda.

Ikki mamlakat shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy ofatlar va atrofga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi kurash, tadqiqotlar o‘tkazish hamda mutaxassislar, o‘qituvchilar va talabalar almashish borasida hamkorlik qiladi.

Rossiya tomonidan ushbu kelishuvni bajarish bo‘yicha mas’uliyat Sog‘liqni saqlash hamda Sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston tomonidan esa Sog‘liqni saqlash vazirligi va "O‘zfarmsanoat" konserni zimmasiga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0