TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Taniqli jurnalist Bobur Alixonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) raisining axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mahalliy OAVlarda ma’lumot berilishicha, turkum televizion loyihalar muallifi va produseri, OAV sohasi eksperti Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi Xurshid Mirzohidovning o‘rinbosari vazifasini bajaradi.
Bobur Alixonov 1962-yilda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1983-yilda ToshDUni tamomlagan va shu vaqtda televidenie sohasiga ishga kirgan. Shu kunga qadar "Axborot" direksiyasida direktor vazifasini bajargan. 1986-yilda "Ostankino"da, shuningdek, AQShdagi bir nechta telekompaniyalarda va 1995-yilda Britaniyaning VVS kompaniyasida stajirovka o‘tagan.