Mirziyoyev: "Ura-ura"chilik zamoni o‘tdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident televidenie faoliyatini tanqid qilgan va tizimni o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 30-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektorda prezident televidenie faoliyatiga to‘xtaldi, deb xabar beradi uz24.uz.

Prezident televidenie faoliyatini tanqid qilgan va tizimni o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagan.

Xabarga ko‘ra, bu sohada ahvol "eski hammom, eski tos" bo‘lib qolayotgani aytilgan hamda "O‘zbekiston" va "Yoshlar" telekanali nomlari tilga olib o‘tilgan.

"Ura-urachilik zamoni o‘tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko‘rsatuvlarni sog‘inib kutishi kerak. "Axborot" ko‘rsatuvini o‘zgartirishimiz kerak", degan Prezident.

Yangiliklar lentasi
0