Dushanbe-Toshkent aviareysini barbod qilganlar ishdan bo‘shatildi

Obuna bo‘lish
Ayni paytda ikki mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasida barcha texnik jarayonlar hal qilinmoqda

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. "Somon Eyr" aviakompaniyasi o‘tkazgan tekshiruvlardan so‘ng kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar jo‘natilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

"Somon Eyr"ning ushbu holat uchun javobgar tijorat direktori Alisher Rustamov boshchiligidagi barcha mas’ul shaxslar jazolandi va ishdan bo‘shatildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib.

Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Tojikiston samolyotini qabul qilmadi

Ayni paytda ikki mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasida barcha texnik jarayonlar hal qilinmoqda.

Dushanbe-Toshkent-Dushanbe reysi yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

"Somon Eyr" aviakompaniyasi 20-fevral kuni uchishi kerak bo‘lgan Dushanbe-Toshkent reysi yo‘lovchilari va O‘zbekistondagi hamkorlaridan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 25-yildan buyon kutilayotgan ilk Dushanbe-Toshkent reysi 20-fevral kuni amalga oshirilishi lozim edi. Lekin Toshkent Xalqaro aeroporti Tojikiston aviakompaniyasiga parvozni amalga oshirishga ruxsat bermagandi.

Yangiliklar lentasi
0