Sankt-Peterburgdagi teraktda 10 kishi qurbon bo‘ldi 37 kishi jarohatlandi

© Sputnik / Aleksandr Tarasenkov / Mediabankka o‘tishVzriv v metro v Sankt-Peterburge
Vzriv v metro v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jarohat olganlardan olti kishi og‘ir ahvolda, qolganlar o‘rtacha, - deyilgan xabarda.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova xabariga ko‘ra Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan portlashda 10 kishi qurbon bo‘lgan 37 kishi jarohatlangan, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Jarohatlanganlardan 6 kishi og‘ir ahvolda, qolganlar o‘rtacha og‘irlkda jarohat olgan. Jarohatlanganlar orasida bir yosh bola ham bor. Uning ta’na a’zolari kuygan va boshii jarohatlangan.

Spesslujbi u metro Peterburga posle vzriva - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg metrosida portlash sodir bo‘ldi

Vazir aytishiga qaraganda, jarohatlanganlarning asosiy qismi Djanelidze nomidagi Tez yordam institutiga va Mariinsk kasalxonasiga hamda Harbiy-tibbiyot akademiyasiga joylashtirilgan.

Jarohatlanganlarga kerakli tibbiy yordam to‘liq miqdorda ko‘rsatilmoqda, kerak bo‘lsa Moskvadagi Federal klinikalarga ham olib borish imkoni bor.

Skvorsova aytishiga qaraganda, Tez yordam mashinalari fojea joyiga 5 minut ichida yetib kelgan. 10 minut ichida metro bekatiga 18 ta tez yordam jamoasi yetib kelib qutqaruv ishlarini boshlagan.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin terakt qurbonlari oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, portlash Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut-2" bekatlari orasida soat 14:30 sodir bo‘lgan. Terrorchi portlovchi modda va temir bo‘laklari solingan portfelni metro vagoni ichida qoldirib ketgan.

Bugun Sankt-Peterburgda bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi.

Milliy Sug‘urta ittifoqi direktori xabariga ko‘ra, ushbu fojeada qurbon bo‘lganlar oilalariga 2,025 mln rubldan tovon po‘li to‘lanishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0