TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Sankt-Peterburg metrosining ko‘k liniyasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Rossiya 24" telekanali xabariga asosan.
"Sankt-Peterburg metrosiing ko‘k liniyasida porlash sodir bo‘ldi. "Sennaya ploshad" bekatini kuchli tutun qoplagan", — deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, portlashda 10 kishi jabrlangan, qutqaruv xizmatlari voqea joyiga yetib kelgan. Ayni damda metroning sakkiz bekatiga kirish-chiqish yopilgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, portlash metroning "Texnologicheskiy institut", va "Sennaya ploshad" bekatlarlida sodir bo‘lgan. Qurbonlar bor.
Na stansii metro Texnologicheskiy institut vzorvali vagon. Budte ostorojni.#texnologicheskiy institut#spb#metro #vzriv pic.twitter.com/KaSwLhm4tK
— Chelovek iz interneta (@trusy_gebbelsa) 3 aprelya 2017 g.