TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Davlat organlari vakillari "Xalq bilan muloqot yili" davlat dasturi doirasida muntazam ravishda televideniyedagi dasturlarda ishtirok etadilar. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dushanba kuni e’lon qilingan farmonida xuddi shunday deyilgan.
Hujjatga muvofiq, davlat organlari, ixtisoslashgan muassasalar va jamoatchilik tashkilotlariga yilning ikkinchi yarmidan mansabdor shaxslar ishtirokida markaziy va mahalliy telekanallarda hamkorlikda ko‘rsatuvlar tayyorlash topshirig‘i berilgan.
Ta’kidlanishicha, teledasturlar mavzulari ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishdagi dolzarb masalalar, davlat tuzilmalarining aholi va fuqarolik institutlari bilan hamkorligi, yosh avlodni qonunga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan bo‘ladi.