TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga minnatdorlik maktubi yo‘lladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston rahbariga Navro‘z munosabati tabrik yo‘llab, xatda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda katta ijobiy o‘zgarishlar sezilayotganini qayd etgani haqida xabar qilgan edik.
Mirziyoyevning Trampga yo‘llagan javob maktubi quyidagicha boshlanadi:
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilanish, farovonlik va uyg‘onish fasli bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.
Sizning shaxsiy munosabatingizni yuksak qadrlayman, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
O‘zbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yondashuvlarimizning mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janob Prezidentga mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman".