TOShKENT, 1 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonda yangi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbriyat boshiga kelganidan keyin amalga oshirilayotgan islohotlarda katta o‘zgarishlar sezilayotganini qayd etdi, RIA Novosti xabariga asosan.
"O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganingizdan so‘ng Sizning rahbarligingizda mamlakatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyot jarayoni bizni ham mamnun etmoqda", — deyilgan Donald Trampning Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llangan tabrigida.
Amerika prezidentining tabriknomasining to‘liq matni O‘zbekiston OAVlarida shanba kuni e’lon qilindi.
Shuningdek, Donald Tramp o‘zining tabrik xatida Amerika xalqi va biznesi vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini izlayotganini ham qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu xatga javoban, AQSh prezidentining shaxsiy e’tiborini yuqori baholab, kelajakda Toshkent va Vashington orasida turli sohalarda, jumladan biznesda ham hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini aytib o‘tdi.
"Ishonchim komilki, O‘zbekiston-Amerika strategik hamkorligini yanada rivojlantirishga bo‘lgan umumiy yondashuvi, ayniqsa hududda barqarorlikni saqlash sohasida, mamlakatlarimiz kun tartibida turgan masalalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratadi", — deyilgan Mirziyoyevning javob xatida.
Shuni qayd etish lozimki, Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir vaqtda davlat boshiga kelishgan. O‘tgan yilning kuzida AQSh va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari orasida bir oydan kam vaqt o‘tgan.