"Pravda Vostoka" gazetasi 100 yoshda

Obuna bo‘lish
"Pravda Vostoka" - O‘zbekistonning yetakchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy nashrning ilk nomeri 1917-yilning 2-aprelida chop etilgan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “Pravda Vostoka” tashkil etilgan vaqtda “Nasha gazeta”, ya’ni “Bizning  gazeta” deb nomlangan. O‘tgan asr boshida paydo bo‘lgan gazeta madaniyatni va urf-odatlarni ulug‘lab ma’rifat yo‘liga xizmat qilgan.  Oldingi davrlarda gazeta varaqlarida partiya manfaatlari ustun bo‘lgan bo‘lsa, mustaqillikning ilk kundan boshlab gazetada ham yangi hayot boshlandi. Bugun “Pravda Vostoka” O‘zbekiston hayoti va mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarni yoritib kelmoqda.

Oxirgi 25-yilda gazeta O‘zbekistonda umumxalq nashri maqomiga ega bo‘ldi va mamlakatda eng ko‘p o‘qiladigan, eng obro‘li va eng ko‘p iqtibos keltiriladigan nashrlardan biriga aylandi.

Oxirgi bir necha yilda, O‘zbekistonda OAVlar soni keskin oshib ular orasida raqobat kuchaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda – 1514 ta OV qayd etilgan, ularning aksariyait – davlat nashrlari emas. “Pravda Vostoka”  shunday sharoitda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Gazeta haftaning 5 kunida 30 mingtadan chop etilmoqda.

Turizm - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turizmga bag‘ishlangan gazetaning ilk soni nashr qilindi

Gazetaning internet sahifasi ishga tushganiga ham 10-yildan oshdi. U yerda foydalanuvchiliar dunyoning istalgan nuqtasidan gazetada chop etilgan maqolalar, yoki nashr arxivi bilan tanishishi mumkin.

Bugungi kunda “Pravda Vostoka”da ko‘plab mashhur jurnalistlar, tahlilchilar, yozuvchi va shoirlar, jamoat arboblari faoliyat yuritmoqda. Albatta, har qanday redaksiyaga yaxshi an’analar me’rosxo‘rlari kerak bo‘lganidek, “Pravda Vostoka” da shlaydiganlarning ham ko‘pchilligi hali 30 ga to‘lmagan yosh avlod vakillaridir.

Talaba va bitiruvchilar orasida yosh qobiliyatlarni qidirish faol olib borilmoqda. Jurnalistlarning bugungi avlodi o‘z vorislari an’analarini muvaffaqiyatli davom ettirib, “Pravda Vostoka”dagi takrorlanmas professional va insoniy muhitni saqlab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0