TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Pokistonning Panjob viloyatida so‘fiylar masjidi nazoratchisi 20 kishini o‘ldirdi, uch kishini jarohatladi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.
Fojea Karachidan 200 km shimoli-sharqda joylashgan Sargodxa shahrida ro‘y bergan. Uch nafar ayol ushbu ommaviy qotillikdan qutilib qolgan va bo‘lib o‘tgan voqeani politsiyaga aytib bergan.
Guvohlar aytishiga qaraganda, Ali Ahmad Gujara so‘fiylar ibodatxonasi nazoratchisi, Laxorlik Abdul Vohid telefon orqali 20 kishini juma oqshomi "tozalanish" udmi o‘tkazish uchun taklif qilgan.
Nazoratchi ularni masjid xonalaridan birida birma-bir qabul qilgan. Qurbonlarga avval tarkibiga narkotik modda qo‘shilgan ichimlik berilgan, keyin, "tozalanish" udmiga ko‘ra, kiyimi yechilib tayoq bilan savalangan. Eng so‘ngida nazoratchi ularning tanasiga xanjar sanchgan.
Masjidga yetib kelgan politsiyachilar 20 kshining jasadini topishgan, ular Abdul Vohid va yana 4 kishini ushbu jinoyatda ayblab hibsga olgan.
Politsiya xabarida aytilishiga ko‘ra, 50 yoshli Abdul Vohid ruhiy kasalga chalingan bo‘lishi ehtimoli bor. Agar shunday bo‘lsa qanday qilib nazoratchi Abdul Vohid bir necha yil davomida davlat xizmatida ishlab kelgan, degan savol o‘z-o‘zidan tug‘iladi.
Mahalliy aholi guvohligiga qaraganda, ushbu xizmatchi-nazoratchi masjidga oyiga ikki marotaba kelib odamlarni qizdirilgan temir bilan qiynagan. Nazoratchi fikriga ko‘ra bu ham "tozalash" udmi ham sog‘liqqa foyda keltirar emsh.
Boshqa OAVlar xabariga ko‘ra, Panjob mahalliy hukumati, masjidda bo‘lib o‘tgan haqiqiy terrorchilikni yashirish maqsadida, ushbu xabarni tarqatmoqda.