TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, oxirgi 1,5 yil ichida Pokistonda 404 kishi qatl qilindi. Huquq himoyachilari fikriga ko‘ra haqiqiy ma’lumotlar bundan ancha ziyod bo‘lishi mumkin.
Pokistonda o‘lim jazosi yana qo‘llanila boshlagani sababi 2014-yilda terrorchilarning Peshavordagi maktabga hujumi bo‘ldi. O‘sha “Tolibon” hujumida 130 maktab bolasi qurbon bo‘lgan edi. Shundan keyin Pokistonda o‘lim jazosi yana qo‘llana boshladi.
2015 yilning mart oyida o‘lim jazosi bilan jazolanadigan jinoyatlar ro‘yxati kengaytirildi. Hozirgi kunda Pokiston qamoqxonalarida o‘limga mahkum qilingan yana 8 ming kishi bor. Pokistonda o‘lim jazosi – osish orqali amalga oshiriladi.