Moskvada patent olganlarning 45% - O‘zbekiston fuqarolari

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi Moskva Migratsiya markazida bo‘lib, patent olish jarayoni bilan bevosita tanishdi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Bu haqida Moskvadagi Ko‘p funksiyali migratsiya markazi (MMS) direktori Nikolay Fdoseyev xabar qildi.

“Moskva hukumati Fuqarolari Rossiya poytaxtiga ishlash maqsadida kelayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor. Shuning uchun ham patent olishning oddiy va ochiq tartibi o‘rnatilgan. Jarayondan migrantlarning pulini noqonuniy yo‘l bilan shilib oluvchi vositachilar butunlay olib tashlangan”, — dedi  MMS rahbari.

Fedoseyev ushbu ma’lumotlarni 30-mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Moskva migratsiya markaziga bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida aytib berdi. Uchrashuv davomida bir necha masalalar ko‘rib chiqildi, jumladan, MMS xizmatlari borasida fuqarolarni birgalikda ogohlantirish borasida. 

Migratsiya markazida 800 minginchi patent topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 800 minginchi patent o‘zbekistonlik ayolga topshirildi

Nikolay Fdoseyev O‘zbekiston Mehnat vazirligiga migrantlarga oldindan kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va ushbu sohada hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari o‘rinbosari Xujabaxlil Asamov o‘z navbatida, MMSda mehnat migantlarini rasmiylashtirish jarayoni ochiq va aniq tashkil qilinganini va patent tayyor bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlarni migrantlar sms orqali olayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston vakillari migrantlarga oldindan kerakli ma’lumotlarni berish borasida o‘z xizmatlarini taklif qilishdi. Xususan, O‘zbekiston aeroport, vokzal va chegarani kesib o‘tish punktlarida mehnat migrantlariga patent ramiylashtirish haqidagi bukletlarni tarqatish tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0