TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Ko‘p tarmoqli migratsiya markazida (KTMM) navbatdagi "yubiley" mehnat patenti — markaz ish boshlaganidan buyon 800 minginchi patent topshirildi.
Patent o‘zbekistonlik Gulfira Sharopovaga topshirildi. Unga markaz direktori Nikolay Fedoseyev tomonidan patent bilan birga Rossiya poytaxtining diqqatga sazovor joylari haqidagi kitob sovg‘a qilindi.
Gulfira Sharopova klining sohasida ishlaydi, Moskvada yashaydi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i bilan migratsiya markazida patent olish chog‘ida yaratilgan barcha sharoit va qulayliklardan behad quvonishgan.
Nikolay Fedoseyevning aytishicha, migratsiya markazi tashrif buyuruvchilar uchun borgan sari qulayliklarga ega bo‘lmoqda. Bu yerda yaqindan buyon notarius xizmati ham yo‘lga qo‘yildi.