Toshkentda zamonaviy mahalla markazlari barpo etiladi

Obuna bo‘lish
Mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalar tashkil etish mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tuman hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi barcha mahallalarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyiha asosida mahalla markazi tashkil etish xohishini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, shahar hokimligida joriy yilning 31-mart kuni Toshkent shahar hokimi tomonidan "Toshkent shahrining tumanlari hududida "Zamonaviy mahalla" markazlari namunaviy loyihasini joriy qilish to‘g‘risida"gi qaror imzolangan.

O‘zbekistonda tumanlardagi tartibni mahalla nazorat qiladi - yangi farmon

Qarorda ko‘rsatilishicha, mahalla markazlari mahalla oqsoqoli, maslahatchilari, profilaktika inspektori uchun xonalar, qariyalar uchun dam olish xonasi, kutubxona, kommunal to‘lovlarni qabul qilish shaxobchalaridan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu yerda barcha sharoitlar mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari, yengil konstruksiyalardan iborat yoshlar uchun sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar tashkil etilib, tungi yoritgich moslamalari bilan jihozlanadi.

Mahalla markazida shuningdek, go‘zallik saloni, savdo shaxobchasi, novvoyxona, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi, maishiy texnikalar ta’mirlash ustaxonasi, kichik hajmdagi kiyim-bosh ta’mirlash atelyesi, kichik va o‘rta biznes (hudud ekologiyasi, jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi va tinchligiga ta’sir etmaydigan) faoliyati uchun, kichik o‘quv va sport markazidan tashkil topgan savdo va maishiy shaxobchalari mavjud bo‘ladi.

Mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalar tashkil etish mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tuman hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda namunaviy sayyohlik mahallalari tashkil etiladi

Mazkur qarorda qayd etilgan savdo va maishiy shaxobchalar kapital qurilmalarining qurilish ishlari yakunlanganidan hamda foydalanishga qabul qilingandan so‘ng faoliyat turini o‘zgartirmaslik (savdo va maishiy shaxobchalarni qayta ixtisoslashtirmaslik) sharti bilan o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik subyektiga mulk huquqi e’tirof etiladi.

Joylarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan mahalla markazlariga mulk huquqi e’tirof etilmaydi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyihasi bo‘yicha barpo etilgan mahalla markazlari inshootlari "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlariga beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.

"Zamonaviy mahalla" namunaviy loyihasi asosida tashkil etilgan, mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbirkorlik subyektlarining murojaat va loyihalari e’tibor bilan o‘rganilib, ularga yer maydonini ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan shahar hokimligiga asoslangan taklif kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0