O‘zbekistonda internet xizmati narxi yil boshidan buyon oltinchi bor arzonlashdi

Obuna bo‘lish
2016 yilda tariflar o‘n ikki marta arzonlashgandi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. "O‘zbektelekom" AJ 2017-yilning 3-martdan boshlab internet provayderlar uchun xizmatlar haqi 1 Mbit/s uchun 76,61 dollarga tushirilganini ma’lum qildi.

Bu yil tariflar oltinchi marta tushirilmoqda. Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun $91,07, 6-yanvardan $87,57, 10-yanvardan $86,85, 2-fevraldan $86,11, 16-fevraldan $80,94ga tushirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta arzonlashgandi. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha narxlar 1 Mbit/s uchun $156,24dan $91,50gacha tushirilgan.

Yangiliklar lentasi
0