O‘zbekistonda 700ga yaqin "Matbuot" kiosklari yopib qo‘yildi

© fragolerosseZarubejnaya pressa
Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ularning aksariyatida yangi xizmat turlari, xususan, internet hamda xalqaro telefon so‘zlashuv kartalari, uyali aloqa telefonlariga to‘lov kartalari sotuvi, telefon-faks va nusxa ko‘paytirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilmagan

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Bugungi kunda "Matbuot" kiosklarining 700 ga yaqini to‘lov terminallari bilan ta’minlanmagani uchun yopib qo‘yilgan, deb xabar bermoqda "Kun.uz".

Xabarga ko‘ra, "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan vaqtli matbuot nashrlarini aholiga tez va sifatli yetkazib berish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, muammo va yechimlarga bag‘ishlab Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yuqoridagi raqam keltirilgan.

Sud - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2016-yilda bir telekanal va bir nechta gazeta yopildi

"Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi bosh yurist-konsultanti Alisher Qosimovning aytishicha, aholi gavjum joylarga 153 hamda poytaxtning markaziy ko‘chalariga yangi tipdagi 98 kiosk joylashtirilgan.

Joriy yil uchun obunani rasmiylashtirish va yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha tariflar sezilarli darajada pasaytirilib, ba’zi nashrlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar uchun nashrlarga imtiyozlar qo‘llanilgan.

Akmt.uz veb-saytida obuna katologining elektron ko‘rinishi joylashtirilgan bo‘lib, internet tarmog‘i orqali ham davriy nashrlarga obuna yo‘lga qo‘yilgan. Hozir mazkur xizmat turi yanada takomillashtirilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda «Matbuot» kiosklarining 700 ga yaqini to‘lov terminallari bilan ta’minlanmagani uchun yopib qo‘yilgan. Ularning aksariyatida yangi xizmat turlari, xususan, internet hamda xalqaro telefon so‘zlashuv kartalari, uyali aloqa telefonlariga to‘lov kartalari sotuvi, telefon-faks va nusxa ko‘paytirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilmagan.

Matbuot anjumanida ana shu singari kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar haqida fikr yuritilgan.

Yangiliklar lentasi
0