O‘zbekistonda 2016-yilda bir telekanal va bir nechta gazeta yopildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSud
Sud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili xo‘jalik sudlarining qarori bilan 5 gazeta, 1 jurnal va 1 telekanal faoliyati to‘xtatildi

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Sudlardagi ishlar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining da’vo arizalariga asosan ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Podrobno.UZ.

Televizion pult - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda maxsus futbol telekanali ishga tushadi

Bundan tashqari, muassislarning qarorlariga binoan 35ta matbuot nashri, 5ta elektron OAV o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Muassislar bunday qarorga kelishlariga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘lgan.

"2017 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan va davlat reyestriga kiritilgan ommaviy axborot vositalari soni 1514tani tashkil etadi. Ular sirasiga 691 gazeta, 309 jurnal, 15 axborot bulleteni, 4 axborot agentligi, televidenie va radio sohasi bilan bog‘liq mos ravishda 65 va 35 subyekt, 395 veb-sayt kiradi", — dedi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Komil Mansurov.

Yangiliklar lentasi
0