Haydovchilarga jarima haqida ma’lumot beruvchi sayt aprel oxirigacha ishga tushadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishKamera slejeniya
Kamera slejeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saytning ishlash jarayoni juda oddiy - avtomobil egasi maxsus kataklarga pasporti hamda telefon raqamlarini kiritadi va real vaqt rejimida jarimaga tortilganmi-yo‘qmi aniqlashi mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkentdagi yo‘l kameralarida qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima to‘lovi haqidagi barcha ma’lumotlar aks etuvchi sayt shu oyda ishga tushadi, deb ma’lum qildi poytaxt IIBB, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz".

Kuzatuv kamerasi - Sputnik O‘zbekiston
Kameralar tufayli qoidabuzarliklar soni 4 baravar kamaydi

Saytning ishlash jarayoni juda oddiy — avtomobil egasi maxsus kataklarga pasporti hamda telefon raqamlarini kiritadi va real vaqt rejimida jarimaga tortilganmi-yo‘qmi aniqlashi mumkin bo‘ladi.

Saytda ko‘rsatilgan ma’lumotni tasdiqlatish uchun esa 254-22-16 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Kelgusida saytda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun jarimalar haqida maxsus SMS-jo‘natmalar joriy etish va maxsus mobil ilovani ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0