Tojikiston mamlakatga kitob olib kirishni ta’qiqladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKitoblar
Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda tojikistonlik bojxona xodimlari mamlakatga kirib kelayotgan fuqarolardan fors tilida yozilgan kitoblarni olib qo‘yishmoqda

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Tojikiston Madaniyat vazirligi maxsus ruxsatnomasiz mamlakatga kitob olib kirish va respublikadan kitob olib chiqishni ta’qiqladi, deb xabar qildi jurnalistlarga Tojikiston Madaniyat vazirligi tarixiy va madaniy merosni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Sherali Xodjayev.

Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
"Kitob olami" ma’rifiy majmuasi butun O‘zbekiston bo‘ylab ochilmoqda
"Olib kirilayotgan kitoblar sonidan qat’iy nazar fuqarolar Madaniyat vazirligidan maxsus ruxsatnoma olishlari majburiydir. Adabiyotning qayerda, qaysi tilda va yozuvda chop etilganidan qat’iy nazar bu barcha mamlakat va barcha kitoblarga tegishli", — degan Xodjayev.

Vazirlik xodimi, ushbu cheklovlar mamlakatdan olib chiqilayotgan kitolarga ham tegishli ekanini aytgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Tojikiston bojxona xodimlari mamlakatga kirib kelayotgan fuqarolardan fors (arab skriptida) tilida chop etilgan o‘nlab adabiyotlarni musodara qilishgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0