TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti ipakchilik sanoatini rivojlantirish uchun qator choralarni qo‘llashni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Yangi tizim asosini yangi tashkil qilinadigan "O‘zbekipaksanoat" assotsiatsiyasi tashkil qiladi. Uning tarkibiga tijorat banklari yordamida tashkil qilingan beshta "Agropilla" ipakchilik hududiy jamiyatlar kiritilgan bo‘lib, ular pillachilik sohasidagi korxonalarning faoliyatini yo‘naltirib turadi.
Yillar davomida to‘plangan muammolar
Ekspert fikriga ko‘ra, soha muammolari yillar davomida to‘plangan bo‘lib, ularning asosida sohani rivojlantirishga yagona yondashuv bo‘lmaganidir. Turli yillarda kelgan boshliqlar sohani goh u, goh bu tomongan tortishgan.
Respublika ipakchilik sohasida o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdi-ki, bugungi kunda eng katta muammolar ipak qurti yetishtirishga borib taqalar ekan. Ma’naviy va moddiy eskirgan uskunalardan foydalanayotgan pilla qurti tayyorlash xo‘jaliklari talablarini to‘liq qondira olmaydi.
Natijada har yil 230-250 ming quti pila qurti import qilinadi. Buesa soha talabining 50% ni tashkil qiladi. Undan tashqari mavjud bo‘lgan tut plantatsiyalaridan samarali foydalanilmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, pilla qurtini odamlar haligacha o‘z uylarida boqishadi.
Sohaning yana bir muammosi — pillani qabul qilib olish va dastlabki ishlov berish tuman va tumanlararo "Pilla" korxonalarida amalga oshirilmoqda. Ushbu korxonalarda qo‘llanilayotgan asbob-uskunalar ham ham ma’naviy ham moddiy eskirib bo‘lgan.
Bu o‘z navbatida keyingi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xom-ashyo yetarli miqdorda ishlab chiqarilmagani tufayli, ipak gazlama va ip ishlab chiqaruvchi korxonalar yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu esa sohaning rivojlanishiga xalal berayotgan yana bir omil bo‘lib qolmoqda.
Nima qilish kerak?
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, sohadagi tanglikni eng tez hal qilish usuli, bugungi kunda mavjud bo‘lgan tizimni qayta qurishdir. Sohada to‘laqonli, butunlay yangi tashkiliy-texnik zanjir yaratish kerak. Yem-mahsulot bazasini tezkorlik bilan rivojlantirish, ishlab chiqarishning yangi va chuqur qayta ishlash tizimlarini tashkil qilish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport bazasini rivojlantirish kerak.
"O‘zbekipaksanoat" assotsiatsiyasi va hududiy "Agropilla" korxonalari aynan shu ishlar bilan shug‘ullanadi. "Agropilla" ipak qurti yetishtirish va uni fermerlarga yetkizib berish bilan shug‘ullanadi. Yem mahsulotlari yetishtirish, texnik uskunalar joylashtirish uchun yer ajratilishi kerak. "Agropilla" korxonalari, shuningdek, fermerlarga maslahat berish va pilla yetishtirish jarayonini bosqichma-bosqich nazorat qilib borish bilan shug‘ullanadi.
Sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat pillachi fermerlarga bir qator imtiyozlar taklif qilmoqda. Masalan, uyida pilla yetishtiriayotgan pillakashlar daromad solig‘idan, yagona soliqdan va olib kelinayotgan uskunalar bojxona solig‘idan ozod qilingan. Pilla qurti yetishtirayotgan tashkilotlar yagona ijtimoiy soliqdan ozod qilingan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ko‘rilayotgan ushbu choralar besh yildan keyin tayyorlanayotgan pilla hajmini 35 ming tonnaga, qayta ishlanayotgan pilla hajmini yarim baravar oshirish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.