Migrantlar uchun haydovchilik guvohnomasi olishning oson yo‘li ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoe udostoverenie Uzbekistana
Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘qish muddati qisqartirilgan, ko‘proq malaka oshirish tarzida bo‘lib o‘tadi. Haydovchi avval biroz teoriya o‘rganadi, keyin mashq maydonida va shahar ko‘chalarida tayyorgarlikdan o‘tadi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Moskva avtomaktablari gildiyasi migrantlar uchun 1,5 oyda guvohnoma olish taklifi tayyorlamoqda. Ekspert fikriga ko‘ra, bunday yo‘l migrantlar uchun guvohnoma olishni tezlashtiradi va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish ehtimolini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab haydovchi bo‘lib ishlashni xoxlagan chet el fuqarolari Rossiya haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lishlari kerak. Ish beruvchilar rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolarini ishga qabul qilgan holda ularga 50 ming rubl  jarima solinadi.

Ushbu masala borasida Sputnik Tojikiston muxbiri "Taksichi" hududlararo profsoyuzi rahbari Yaroslav Sherbin bilan suhbat qildi.  

"Biz avtomaktablar gildiyasi bilan birga 1,5 — 2 oy ichida haydovchilik guvohnomasi olishni istagan barcha chet el fuqarolari uchun taklif tayyorlyapmiz. Bugun ushbu masalani Moskva Savdo-sanoat palatasida muhokama qilamiz. Kim istasa ushbu taklifdan foydalanishi mumkin", — dedi Sherbin Sputnik muxbiriga.   

Mutaxassis aytishiga qaraganda o‘qish muddati qisqartirilgan. U ko‘proq malaka oshirish tarzida bo‘lib o‘tadi. Haydovchi avval biroz teoriya o‘rganadi, keyin mashq maydonida va shahar ko‘chalarida tayyorgarlikdan o‘tadi.

Rabota marshrutnix taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 1-iyuldan migrant haydovchilarga yo‘lovchi tashish taqiqlanadi

Rasmiy yo‘l bilan guvohnoma olishni istagan haydovchilar o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri GIBDDga murojaat qilishlari mumkin. Bunday holda haydovchi guvohnomasini tasdiqlash uchun Rossiya Politsiyasi boshqa mamlakat IIVga so‘rov xati yuboradi. Xat borib javobi kelguncha odatda ikki oy vaqt kerak bo‘ladi. Keyin imtihon topshiriladi. Agar haydovchi imtihondan o‘ta olmasa, yana bir oy navbat kutib turish kerak bo‘ladi.

Sherbinning fikriga ko‘ra, yo‘l qoidalari rus tilida bo‘lgani va haydovchilikka o‘qishdan bir necha yil o‘tgani tufayli ko‘pchillik haydovchilar yo‘l-harakati qoidalarini unutgan bo‘lishlari mumkin. Qisqartirilgan tayyorlov kursidan o‘tish, migrant haydovchilarga yo‘l harakati qoidalarini takrorlab olishiga va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0