Gaz o‘g‘irlab g‘isht zavodi qurgan “tadbirkorlar” qo‘lga tushdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishNoqonuniy gaz quvurini kesib tashlash
Noqonuniy gaz quvurini kesib tashlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zdavneftgazinspeksiya" mutaxassislari joylarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib ularni qiynayotgan muammolar va gazdan noreal qarzdorlik kelib chiqish sabablarini aniqlashmoqda.

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Biroz oldin Samarqand viloyatida aholi gaz ta’minoti tashkilotlaridan gazdan ulkan “qarzlari” mavjudligi haqida kvitansiyalar olayotgani haqida bir necha OAVlar xabar bergan edi.

Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandshahargaz: gaz bo‘lmasa ham qarz bor

O‘tgan bir necha kun davomida "O‘zdavneftgazinspeksiya" mutaxassislari Samarqandda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib ularni qiynayotgan muammolar va gazdan noreal qarzdorlik kelib chiqish sabablarini aniqlashdi, Zarafshon nashri xabariga asosan.

Ushbu uchrashuv va tekshiruvlar natijasida "O‘zdavneftgazinspeksiya" xodimlari tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan bir necha "gaz o‘g‘ri"larini aniqlashdi.

Xususan, oxirgi oylar davomida o‘tkazilgan reydlar vaqtida gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan 100 nafar iste’molchi aniqlandi. Ular tomonidan 2 million 374,4 ming metr/kub tabiiy gaz noqonuniy sarflanib, davlatga 584 million 134,7 ming so‘mlik zarar yetkizilgan.

"O‘zdavneftgazinspeksiya"ning Samarqand hududiy bo‘limi bosh texnologi Ikrom MAXSUMOV xabariga ko‘ra, Samarqand shahridagi Aeroport ko‘chasida faoliyat yuritayotgan "Asadbek plyus fayz baraka" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli korxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan holda g‘isht ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi. Korxona bu "ish"i bilan 117 million 109,7 ming so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ravishda yoqqan. 

Past Darg‘om tumani Kimogarlar shaharchasi sanoat hududida yashovchi A.Nazarov esa 30 sotixlik issiqxonasi uchun tarmoqqa noqonuniy ulanib, 23 million 311,3 ming so‘mlik gaz yoqqan. 

O‘tkazilgan tekshirulardan keyin bunday egri yo‘l tanlagan "tadbirkor"larning barchasi gaz tarmog‘idan uzildi, hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. 135 million 708,3 ming so‘mlik gaz iste’moli haqi undirildi va yuqoridagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yib berganligi uchun o‘sha hududda faoliyat ko‘rsatayotgan nazoratchi xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. 

Yangiliklar lentasi
0