Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda qanday shartnomalar imzoladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-23 mart kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi davomida bir necha muhim davlatlararo hujjatlar imzolandi.

Ular orasida o‘zaro strategik hamkorlik va qo‘shnichilikni yanada mustahkamlash haqidagi shartnoma, Hududlararo hamkorlik haqidagi shartnoma, ikki tomonlama soliq solishni oldini olish haqidagi shartnoma va boshqalar bor.

O‘tgan yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida savdo-sotiq hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi va  ushbu  ko‘rsatgich ildam qadamlar bilan o‘sib bormoqda.

Undan tashqari Qozog‘iston va O‘zbekiston orasida ko‘plab qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Qozog‘iston bilan hamkorlikda tashkil qilingan 230 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Qozog‘istonda esa Uzbekiston sarmoyadorlari ishtirokida tashkil qilingan 130 ta korxona ishlamoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0