Eron Mudofaa vaziri AQShga Fors qo‘ltig‘idan ketishni maslahat berdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishTehron panoramasi
Tehron panoramasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Husayn Dexgan AQShni qurollangan bosqinchiga qiyosladi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Eron Mudofaa vaziri Husayn Dexgan AQShga Fors qo‘ltig‘ini tark etishni va boshqa davlatlar jig‘iga tegishni bas qilishni maslahat berdi. RIA Novosti xabari asosida.

Eronda ballistik raketa uchirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQSh sanksiyalariga nisbatan nafratini namoyish qilmoqda
"Amerikaliklar Fors qo‘ltig‘ida nima qilyapti? Mintaqa mamlakatlariga noqulaylik yaratmaslik uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu hududni tark etishlari lozim", — vazir so‘zlaridan Mehr nashri iqtibos keltirgan.

"Axir o‘zingiz o‘ylang, qurollangan bosqinchi kimningdir uyiga kirib, qizil poyondoz yozishlarini kutishi aqlga sig‘adigan narsami? Bu zamonaviy dunyoning yovvoyiliklaridan biri", — degan vazir.

AQSh va Eron munosabatlari hukumat tepasiga Donald Tramp kelganidan so‘ng ancha ziddiylashgan. Amerikaning yangi prezidenti yaqin sharqdagi ushbu mamlakatga undan oldingi prezident Barak Obama singari saxiy munosabatda bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Oq uyning yangi rahbari Tehron bilan 2015-yilda xalqaro vositachilar yordamida erishilgan yadroviy bitimga tanqidiy munosabatdaligini yashirmayapti.

Hujjatga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi tinchlik xarakteridagi yadroviy dastur evaziga Erondan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni bekor qilishi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0