TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Bugun Andijon viloyatida tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlariga 50 yangi rusumdagi neksiya avtomobillari xizmat avtomashinalarini sifatida topshirildi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.
Avtomashinalarni tantanali topshirish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqib, Prezident tomonidan qabul qilingan, "Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga berilayotgan e’tibor haqida gapirdi.
Shundan so‘ng viloyatdagi barcha shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari uchun ajratilgan yangi rusumdagi "Neksiya" avtomashinalari kalitlari tantanali topshirildi.