TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonga 40ta yangi mobil-dorixonalar paydo bo‘ladi, deb xabar qildi Podrobno.uz.
Aholining sifatli va arzon dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mamlakatning eng olis regionlarida "mobil-dorixonalar" faoliyati ishga tushiriladi.
Aynan shuning uchun, 2017-yilda "Damas" rusumli avtomobillarda qo‘shimcha yana 40ta mobil-dorixonalar faoliyatini tashkil etib, ularning umumiy sonini 154taga yetkashish rejalashtirilmoqda.
Ayni vaqtda, "Dori-darmon" aksionerlik kompaniyasi maxsus yoritilgan ISUZU izometrik avtofurgonlarida 14ta mobil-dorixona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, qo‘shimcha tarzda "Damas" rusumidagi avtomobillarda yana 100ta mobil-dorixonalar tashkil etiladi.