Rossiya zavodi O‘zbekistonga dori yetkizib beradi

© AFP 2023 / AFP / GEOFF CADDICKShpris va dori
Shpris va dori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya korxonasi O‘zbekistonga, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, eng ko‘p uchraydigan kasalliklarga qarshi, qimmatbaho chet el dorilari o‘rnini bosuvchi dori vostalari yetkizib beradi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaning “Velfarm” farmatsevtika kompaniyasi, Kurgan shahrida chet eldi ishlab chiqarilayotgan dorilar o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan katta zavod qurdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu farmatsevtika zavodi Rossiyada "Strategik muhim dorilar ro‘yxati"ga kiritilgan, 60 xil tayer dori vositalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Dorilardan 37tasidan import qilinadigan dorilar o‘rnida  foydalaniladi.

Umumiy qiymati 1,1 milliard rubl bo‘lgan korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,5 milliona upakovka kapsula, 4,5 million upakovoka inyeksiya qilinadigan suyuqliklar, 15 million upakovka poroshok, 20 millionov quti maz va gel hamda 35 million upakovka qoplamali va qoplamasiz tabletkalardan iborat.

Korxonada ishlab chilarilayotgan dorilar qand diabeti, oshqozon-ichak kasalliklari, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, epilepsiya, Parkinson kasalligi, allergiya, teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.  

“Velfarm” o‘z mahsulotini O‘zbekistondan tashqari Belorussiya, Qozog‘iston, Vyetnam, Mongoliya, Moldaviya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston mamlakatlariga eksport qilishni rejalashtirgan.

 

Yangiliklar lentasi
0