TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimi Mirag‘’zam Mirqosimov lavozimidan ozod etildi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.
25 Mart 2017, 14:40
25 mart sanasidan hokimning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Sardor Qosimov ayni vaqtda hokim vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda, deb ta’kidlangan xabarda.
Hozircha bu haqda rasman xabar berilmagan.
Qayd etish kerakki, Yunusobod hokimiyatidagi kadrlar o‘zgarishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25-mart kuni Yunusobod tumaniga uyushtirgan tashrifi bilan bir kunda yuz bergan. Mirziyoyev 25-mart kuni Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi ko‘prik bilan tanishish maqsadida ushbu tumanga tashrif buyurgan.