Mirziyoyev Buxoro viloyati IIBB boshlig‘ini ishdan oldi

Obuna bo‘lish
Jahon ma’naviy tamadduni beshiklaridan biri sifatida e’tibor qozongan Buxoro viloyatida 2016-yilda qotillik, zo‘ravonlik, talonchilik turdagi jinoyatlarning 11tasi ochilmay qolgan. O‘g‘irlik jinoyatlarining esa 10% fosh etilmagan

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 18-mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshqaruvida o‘tgan sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Azizov so‘zga chiqqan.

IIB xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Mirziyoyev talabini bajarishga kirishdi
Yig‘ilishda hududda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida yutuqlar barobarida yechimini kutayotgan, hal bo‘lishi lozim bo‘lgan vazifalar ham ko‘pligi ta’kidlangan. Xususan, so‘nggi yillarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari oshayotgani qayd etilgan.

Jahon ma’naviy tamadduni beshiklaridan biri sifatida e’tibor qozongan Buxoro viloyatida 2016-yilda qotillik, zo‘ravonlik, talonchilik turdagi jinoyatlarning 11tasi ochilmay qolgan. O‘g‘irlik jinoyatlarining esa 10% fosh etilmagan.

Shuningdek viloyatda firibgarlik, voyaga yetmaganlar va ayollar jinoyatchiligi sonining oshayotganligi, qidiruvdagi shaxslar va bedarak yo‘qolganlarni izlab topishdagi ko‘rsatkichlarning pastligi, diniy ekstremistik oqimlarga moyil shaxslar bilan ishlash borasidagi muammolar tahliliga ham e’tibor qaratilgan.

O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish kuni deb e’lon qilindi
O‘zbekiston IIV rahbari o‘z so‘zida ichki ishlar tizimi xodimlarining asosiy vazifasi faqatgina sodir etilgan jinoyatlarni ochish, jinoyatchilarni ushlash emas, balki aholi o‘rtasiga chuqur kirib borgan holda jinoyat sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish ekanligini, prezidentimiz tomonidan har haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni sifatida e’lon qilinishi zamirida ham ana shu maqsad ilgari surilganligini ta’kidlagan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.O‘rinov lavozimidan ozod etilib, ushbu vazifaga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan podpolkovnik Aliyev Shuhrat Hasanovich tayinlangan.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikai prezidentining ushbu qarorini bir ovozdan tasdiqlashgan.

Yig‘ilishda viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan Valiyev Bahriddin Bahodirovich hudud faollariga tanishtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0