TOShKENT, 29 mar — Sputnik. 28 mart kuni Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov bilan Moskvada muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi Rossiya Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.
Uchrashuv doirasida tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 1994-yil 9-sentabrda imzolangan ishchilarga mayiblik, kasbiy kasallik yoki ularning sog‘lig‘iga yetgan mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa zararlar uchun tovon puli olish huquqlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimning ijro etilishi ustidan monitoring o‘tkazish tartibini imzoladi.
Maksim Topilinning ta’kidlashicha, monitoring jabrlanganlarga to‘lovlar o‘z vaqtida hisoblab berilishini ta’minlaydi.
Ikki mamlakat vazirlari O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy jalb etish haqidagi bitim loyihasini muhokama qildi.