Tojikistonga birinchi aviareys 4-aprel kuni amalga oshiriladi

© Stringer SputnikO‘zbekiston havo yo‘llari samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 4-apreldan boshlab Toshkentdan Dushanbega birinchi reysni amalga oshirishi kutilmoqda

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi reyslarni seshanba va shanba kunlari amalga oshirishi rejalashtirilmoqda. Chiptalar allaqachon sotuvga qo‘yilgan.

Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Tojikiston samolyotini qabul qilmadi
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaparvozlar 1992-yilda, Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganda to‘xtagan.

"Aviakompaniya ("O‘zbekiston havo yo‘llari", tahr.) parvozlari 4-aprel kunidan boshlanadi, birinchi reysga chiptalar sotuvga qo‘yilgan", — deb aniqlik kiritdi agentlikka suhbatdosh.

Milliy aviakompaniya reyslari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkent shahridan parvoz tonggi 7:20 ga belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0