Senat Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi

Senat Kengashi
Senat Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat kuchga kirishi uchun uni faqat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolashi kerak.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston Senati Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni  rivojlantirish haqidagi shartnomani tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Xususan, harbiy-texnik hamkorlik sohasida bizda ko‘p tutash nuqtalarimiz va umumiy  manfaatlarimiz mavjud", — dedi  O‘zbekiston Mudofaa vazirligidagi Jamoat kengashi vakili Iqboljon Mirzoaliyev.

Uning so‘zlariga qaraganda, shartnoma Rossiyadan O‘zbekistonga harbiy texnika yetkizib berish jarayonini osonlashtiradi. Xususan, mavjud bo‘lgan vositachilar xizmatidan voz kechish va qurol-yarog‘ni  imkon qadar past narxlarida sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Rossiya mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vaziri Rossiya asosiy strategik sherik ekanligini aytdi

Senatorlar ushbu shartnoma imzolanishini bir ovozdan tasdiqlashgan. Endi shartnoma kuchga kirishi uchun uni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya orasida harbiy texnik hamkorlik shartnomasi 2016-yilning noyabrida imzolangan edi. Shartnoma kuchga kirishining oxirgi bosqichi, ya’ni Rossiya va  O‘zbekiston ratifikatsiya gramotalari bilan almashishi, 2017-yilning aprel oyida, Mirziyoyevning Moskvaga rejalashtirilayotgan safari chog‘ida amalga oshirilishi kerak.

Shartnomasining asosiy maqsadi — harbiy-texnik sohada hamkorlikni chuqurlashtirish, O‘zbekiston armiyasini zamonaviy texnika bilan jihozlash, tomonlarning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, mutaxassislar tayyorlash va o‘zaro maslahatlar o‘tkazishdir. Shartnomani amalaga oshirish Rossiya harbiy-texnik hamkorlik kengashi va O‘zbekiston Mudofaa vazirligi deb belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0