Parijdagi oshpazlar festivalida palov taqdim etildi

© UzbekturizmParijdagi oshpazlar festivali
Parijdagi oshpazlar festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festival mehmonlari o‘zbek palovi, milliy shirinliklari, somsa va pishiriqlarni totib ko‘rishdi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 23-24 sentabr kunlari Parijda LE VILLAGE INTERNATIONAL DE LA GASTRONOMIE xalqaro oshpazlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalning 40ta ishtirokchi davlatlari vakillari Sena darosi qirg‘og‘ida oshpazlar qishlog‘ini tashkil etishdi, deb xabar beradi "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi.

© UzbekturizmParijdagi oshpazlar festivali
Parijdagi oshpazlar festivali - Sputnik O‘zbekiston
Parijdagi oshpazlar festivali

Festivalda O‘zbekiston nomidan respublikamizning Parijdagi elchixonasi ishtirok etdi. Festival mehmonlari o‘zbek palovi, milliy shirinliklari, somsa va pishiriqlarni totib ko‘rishdi, O‘zbekiston bilan bog‘liq suvenirlar va mamlakat haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishishdi.

Festivalda nafaqat parijliklar, balki bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar ham har bir mamlakatning milliy oshxonasi va urf-odatlari orqali o‘ziga xos jihatlarini kashf etish imkonini berdi.

Yangiliklar lentasi
0